Putin Aliyev bilan dastlabki muzokaralar Pashinyan tufayli barbod bo‘lganini aytdi
Putinning aytishicha, Pashinyan Yerevan urushni davom ettirishga tayyorligini bildirgan va muzokaralar barbod bo‘lgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktyabrda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni Tog‘li Qorabog‘dagi janglarni to‘xtatishga ko‘ndirgani, ammo Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bunga qarshi chiqqanini aytdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u 19-20 oktyabr kunlari Pashinyan va Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘ masalasida bir necha marta telefon orqali muloqot qilgan.
«O‘shanda Ozarboyjon qurolli kuchlari Qorabog‘ning arzimas, janubiy qismini nazorat ostiga olgandi. Umuman olganda, men prezident Aliyevni jangovar harakatlarni qochqinlarning uylariga qaytishlari sharti bilan to‘xtatishga ko‘ndirgandim. Ammo kutilmaganda armanistonlik hamkorlarimiz bu shartni qabul qilmasliklarini bildirishdi», — dedi u.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan unga bu Armaniston va Qorabog‘ manfaatlariga nisbatan tahdid uyg‘otishini aytgan. Putin bu qanday tahdid ekanligini tushunmayotganligini qayd etdi. Uning aytishicha, o‘shanda Pashinyan Yerevan urushni davom ettirishga tayyorligini bildirgan va shu tarzda muzokaralar barbod bo‘lgan.
9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi.
Mavzuga oid
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024