O‘zbekiston | 08:32 / 18.11.2020
11934
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston banan importini qisqartirdi

O‘zbekiston 2020 yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 15,3 mln. AQSh dollariga teng 23,1 ming tonna banan sotib olgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga yoki 3,5 mln. AQSh dollariga kam. 

Joriy yilda O‘zbekistonga banan asosan Ekvador davlatidan (14,8 mln. AQSh dollari) olib kirilgan.

O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekistonga banan eksport qilgan davlatlar:

  • Ekvador – 14,8 mln. dollar; 
  • Rossiya Federatsiyasi – 109,7 ming dollar; 
  • Qozog‘iston – 103,1 ming dollar; 
  • Qirg‘iziston – 96,5 ming dollar; 
  • Xitoy – 91,4 ming dollar;
  • Meksika – 45,2 ming dollar.

Ma'lumot o‘rnida, joriy yilda banan importi asosan Toshkent shahri (11,1 ming tonna), Farg‘ona (6,0 ming tonna) hamda Toshkent (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid