O‘zbekiston | 15:38 / 19.11.2020
14400
2 daqiqa o‘qiladi

«Vaqf» fondiga yangi rahbar tayinlandi

Bugun, 19 noyabr kuni, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo Abdurahmonov “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi. 

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi yig‘ilishida e'lon qilingan. Fondning avvalgi rahbari Iskandar Xalilov boshqa ishga o‘tkazildi.

Yahyo Abdurahmonov 1985 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004-2008 yillarda Toshkent islom institutida ta'lim olgan. Shu davr oralig‘ida Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” universitetida malaka oshirgan.

U 2009-2011 yillarda O‘zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakultetida o‘qigan. 2004-2018 yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani “Kulol qo‘rg‘on” jome masjidida imom noibi, imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan. 2018 yilda Toshkent shahridagi tumanlararo qorilar musobaqasining mutlaq g‘olibi, shahar bo‘yicha 2-o‘rin sohibi bo‘lgan. 

Yahyo Abdurahmonov ayni vaqtda Toshkent shahri Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, ushbu tumandagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti “Tajvid” fani o‘qituvchisi va Xalqaro islom akademiyasining mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.

Mavzuga oid