Bemorlar kamaygani bois, Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda
Uchtepa tumanidagi «Atlas» do‘konida COVID-19 va atipik pnevmoniya bemorlari uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopildi. Tez orada «Yoshlik» sport majmuasidagi markaz faoliyati ham to‘xtatiladi. Avvalroq prezident koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarni optimizatsiya qilishga topshiriq bergandi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani sektor rahbarlari 24 noyabr kuni sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qabulda tuman hokimi Abduqahhor To‘xtayev koronavirusga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan majmualar yopilayotganini ma'lum qildi.
«Taxtapuldagi 42-oilaviy poliklinikamiz kovid-markazga aylantirilgan va kerakli hamma medtexnika, vrachlar jalb etilgan. Ular faoliyat olib boryapti.
Iyun oyida boshlaganimizda, bitta saralash markazimizda kuniga 200–250talab bemorlarni qabul qilayotgandik. Ular orasidan kuniga 10tadan 25tagacha bemorda pnevmoniya, 15tadan 20taga bemorda esa COVID-19 aniqlanayotgandi.
Xudoga ming qatla shukr, bugungi kunda kovid chiqayotgani yo‘q. Kecha faqat bir bemorda pnevmoniya chiqibdi. 18ta, 12ta, 10ta, 4ta, 3ta, 2ta, 1ta bo‘lib kamayib bordi. Shuning uchun ham karantinni yumshatdik», – dedi Abduqahhor To‘xtayev.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, «Yoshlik» sport majmuasida tashkil etilgan 505 o‘rinli taqsimlash markazi yopilmoqda.
«Biz uni yopyapmiz. Uchtepa tumanidagi «Atlas» do‘konida 1008 o‘rinli taqsimlash markazi tashkil qilingandi, u butunlay yopildi. O‘z vaqtida u yer 1008ta odam bilan to‘la edi. Kasallik orqaga chekina boshlagach, hozirga kelib yopilgan.
Tumanimizdagi [«Yoshlik» sport majmuasida tashkil etilgan] saralash markazi ham bugun-erta yopiladi. Qolgan bo‘lsa, taxminan 80 nafar bemor qoldi. 505ta o‘rinning hammasi to‘lib, joy qolmagan vaqti ham bo‘ldi. Ko‘pchilik davolanib chiqdi. Hozir ham, «Bo‘ldi, yopilyapmiz, uyingga ket», degan gap yo‘q, yuz foiz davolab, keyin uyiga javob berilyapti.
Buni yopamiz, lekin e'tibor beringlar, bu kasallik yana ko‘payishi ehtimoli bor. Ayniqsa, sovuqda. Shuning uchun bularning hammasini konservatsiya qilib qo‘yamiz», – dedi Shayxontohur tumani hokimi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 1-sonli shahar klinik shifoxonasida kislorod berish jihoziga ega o‘rinlar soni 23tadan 200taga oshirilgan.
- O‘zbekiston bo‘yicha 89ta muassasada COVID-19 bemorlari uchun 17 500 ta o‘rin ajratilgan, lekin ularda 6 570 nafar bemor davolanmoqda, deyilgan edi 17 noyabrdagi prezident selektorida.
- Davlat rahbari ulkan mablag‘lar bekorga sarf bo‘layotganini aytib, koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar faoliyatini chuqur o‘rgangan holda ularni optimizatsiya qilish topshirig‘ini bergandi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024