O‘zbekiston | 13:28 / 26.11.2020
32504
1 daqiqa o‘qiladi
Chinozda 5 ming tonnalik yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqdi
26 noyabr kuni soat taxminan 12:00 lar atrofida Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa joyiga zudlik bilan 14ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi yetib borgan. Vaziyat nazoratga olingan.
Qutqaruvchilar yong‘inni to‘liq bartaraf qilish uchun taxminan 1 soat vaqt ketishini bildirgan.
Ayni vaqtda qurbonlar to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan.
Mavzuga oid
15:17 / 27.12.2024
Chilonzor tumanidagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024