Jamiyat | 17:44 / 29.11.2020
8609
1 daqiqa o‘qiladi

Urgutda 7 dekabrgacha hashar e'lon qilindi

29 noyabr - yakshanba, dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Samarqand viloyatining eng katta tumani Urgutda hashar o‘tkazildi. Kun.uz muxbirining aniqlashicha, Urgut tumani hokimi topshirig‘iga ko‘ra, barcha rahbar va xodimlar tuman markazi, bozorlar va qabristonlarga hasharga chiqarilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, hasharchilar qilingan ishlarni rasmga tushirib, papka holatida tayyorlab qo‘yishi talab qilingan. Chunki har kuni kechqurun soat 19:00da har bir kompleks rahbari qilingan ishlar bo‘yicha tuman hokimiga hisobot beradi.

Topshiriqqa ko‘ra, 7 dekabrga qadar Urgutda hashar davom etadi. Hashar doirasida belgilangan ishlar qatorida Urgutdagi katta ko‘chalar bo‘yidagi uylar, do‘konlar va binolarning fasad qismini ta'mirlashga alohida e'tibor berilgan.

Tumandagi deyarli barcha budjet tashkilotlari hasharga jalb qilingan bo‘lib, ular ish vaqtida bajarilmagan topshiriqlarni qachon bajarishi ma'lum emas.

Mavzuga oid