O‘zbekiston | 09:01 / 02.12.2020
9769
1 daqiqa o‘qiladi
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan hududlar aytildi
Joriy yilning 1 noyabr holatiga jami tadbirkorlik sub'yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 401 727ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 677tani (22,3 foiz) tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahri – 12 858ta;
- Farg‘ona viloyati – 10 779ta;
- Qashqadaryo viloyati – 9 123ta;
- Namangan viloyati – 7 188ta;
- Surxondaryo viloyati – 7 018ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdoda – 33 837ta;
- sanoatda – 16 165ta;
- qurilishda – 7 850ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 803ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 658ta.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024