Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami arafasida 104 kishini afv qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 28 yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 104 nafar fuqaroni afv etdi.
Afv etilgan shaxslarning 6 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 50 nafari jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 17 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 41 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Natijada, jami 63 nafar shaxs jazoni o‘tash joylaridan ozod etilgan.
Afv etilganlarning 13 nafarini chet el fuqarolari, 9 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 1 nafarini ayol hamda 21 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:11 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 483 nafar shaxsni afv etdi
18:37 / 01.04.2024
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi
15:36 / 12.01.2024
Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik mahkumlarning afv etilishi qonunlarni buzayotgani aytildi
19:46 / 07.12.2023