Jamiyat | 12:35 / 11.12.2020
9661
5 daqiqa o‘qiladi

“Ona, men o‘lib qolamanmi?” – Oqqonga chalingan bolaning nolasiga quloq tuting

 Kun.uz sayti gematologiya shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga oid xayriyalarni muntazam yoritib boradi. Bu safargi qahramonlarimiz ham bu mash'um kasallik bilan kurashish jarayonida ko‘z yosh to‘kayotganlardir.

3 yoshli “kattakon”

Dastlabki qahramonimiz 3 yoshli Zoyirjon Rustamjonov. Namanganlik bu bolajonning onasi Mahfuza Shahobova uni kattalardek erkalab “bu kishi” deb muomala qilarkan. Vaziyat jiddiy, oylardirki davom etayotgan davolanishlar oilani cho‘ktirib qo‘ygan.

– Uch o‘g‘lim bor, lekin har birining o‘rni boshqa, ayniqsa, betob bo‘lgan mana shu kenjam uchun jonimni berishga tayyorman. Bularning ajrini olishdan umidim bor. Otasi, yaqinlarimiz ertayu-kech tinmay shu kunlarga yetkazib kelishdi. Endi yaxshilardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Alloh har birlarining savoblarini ko‘paytirib bersin deydi, – bolasini quchib yig‘layotgan ona.

Zoyirjon Rustamjonovga oid ma'lumotlar:

Uzkard: 8600 0417 3938 0906 (Agrobank, onasi Mahfuza Shahobova nomida)

Visa: 4097821100710230 (Rustamjon Jabboroov nomida)

Sberbank: 2202201597519137 (Muzaffar Jabborov nomida)

Telefon raqami: +998995158489 (onasi)

 Ona, men o‘lib qolamanmi?

Besh yashar qizaloqning bunday savol berishini tasavvur qilish qiyin. Ammo bu maskanda bunaqa savollar ko‘p takrorlanadi. Chunki dard mushtday bolalarni tezda ulg‘aytirib qo‘yadi.

– Buxorodan kelganmiz. Qizim Sevinch Elmurodova endigina 5 yoshga kirdi. Birinchi kelganimizda kimyoterapiyalarni ko‘tara olmagan, hatto yuragi ma'lum muddat to‘xtab qolgandi. Juda qo‘rqqanmiz o‘shanda, shifokorlarga rahmat, qutqarib qolishdi. Hozir telefonni olib telegram orqali hammadan o‘zi yordam so‘raydi. Bir kuni “Ona, men o‘lib qolamanmi?” deganida yuragim pora-pora bo‘ldi. Men ham qizimning sog‘ayib ketishini erta-yu kech Allohdan so‘rayman, – dedi Sevinchning onasi Gulmira Jumayeva.

Sevinch Elmurodovaga oid ma'lumotlar:

Uzkard: 8600 0417 0187 2534 (Agrobank, otasi G‘anisher Safarov nomida)

Visa: 4097 8211 0071 0248

Sberbank: 4276 4200 3049 7076 (Abror Jumayev nomida)

Telefon raqami: +998914171613 (onasi)

 Bolaning ko‘zlariga cho‘kkan mung

Navbatdagi bemorimiz nurafshonlik Asadbek Shavkatov. 8 yoshli Asadbek 2017 yildan buyon oqqon kasalligiga qarshi kurashib kelmoqda.

– O‘g‘lim 3 yil avval shu kasallikka chalinganida uzluksiz 2 yil davolangandik. O‘tgan yili shifo topdik deb xotirjam bo‘lganimizda 2020 yilga kelib bu og‘ir dard yana qaytalanib qoldi. Bolaginam bu orada onkologik kasallikdan ham davolanib, operatsiya bo‘lib chiqdi. Bu shifoxonada bir kunni o‘tkazish qanday ekanligini mana bizdan so‘ranglar... Yaxshilar yordamiga nihoyatda muhtojmiz, – dedi onasi Hilola Umarova.

Asadbek Shavkatovga oid ma'lumotlar:

Uzkard: 8600 0423 4547 5767 (Agrobank, onasi Hilola Umarova nomida)

Visa: 4097 8211 0070 9380 (onasi Hilola Umarova nomida)

Sberbank: 4276 3802 5942 5457 (Baxtiyor Obidxo‘jayev nomida)

Telefon raqami: +99899 0992414 (onasi)

 20 yoshimda bu ko‘rgulik

So‘nggi bemorimiz chirchiqlik Doniyor Ro‘ziboyev 2000 yilda tug‘ilgan. Ayni bo‘z yigitlik davrini shifoxona devorlari orasida o‘tkazayotgan Doniyor bugun yaxshilar ko‘magiga muhtoj.

– Odam sog‘ligida bu ne'mat qadriga yetmas ekan. 20 yoshimda shu sinovga duch kelgan ekanman, hech kimga bu kasallikni ravo ko‘rmayman. Uzoq davolanib, ota-onamni ham qiynab qo‘ydim. Topganlarini menga sarflashayapti. Savobtalab insonlar ko‘magiga juda muhtoj bo‘lib qoldik, – dedi biz bilan suhbatda Doniyor.

Doniyor Ro‘ziboyevga oid ma'lumotlar:

Uzkard: 8600 0609 6414 5578 (Xalq banki, onasi Gulzor Shoislomova nomida)

Visa: 4097 8211 0071 0248

Sberbank: 4276 4200 3049 7076 (Jumayev Abror nomida)

Telefon raqami: +998 99 435 74 16 (otasi)

 Ko‘pning berganida hikmat ham ko‘p. Chunki moddiy yordam bilan birga shu bolalarning sog‘ayishi so‘rab duolar ham qilinadi. Zero, tushkun kayfiyatdagi ota-onalar har qanday ko‘makni jon deb qabul qiladilar.

 Abror Zohidov,
tasvirchi Nuriddin Nursaidov.

Mavzuga oid