O‘zbekiston | 00:28 / 12.12.2020
91319
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda qishki ta'til kunlari ma'lum qilindi

Bu yil 27 dekabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli, umumta'lim maktablarida qishki ta'til boshlang‘ich sinflar uchun 25 dekabr, yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanadi.

Bu haqda Xalq talimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida ta'tillar jadvali quyidagicha:

  • kuzgi ta'til – 4 noyabrdan (6 kalendar kuni)
  • qishki ta'til – 28 dekabrdan (14 kalendar kuni)
  • bahorgi ta'til – 21 martdan (7 kalendar kuni)
  • yozgi ta'til – 26 maydan – 1 sentyabrgacha.

Laylo Rustamovaning ma'lum qilishicha, vazirlik ushbu tartibni bekor qilib, uzaytirilgan yagona qishki ta'tilni joriy etish haqidagi bir guruh faollar ilgari surgan taklifni qo‘llab-quvvatlamaydi.

«Ta'til vaqtlarini o‘zgartirish yuzasidan bildirilayotgan takliflarga javoban, maktablarni isitishdan ko‘ra sovitishga ko‘proq energiya resurslari talab etilishini ma'lum qilamiz», – dedi XTV rasmiysi.

Avvalroq bir guruh jamoatchilik vakillari maktab o‘quvchilari uchun 25 dekabrdan 2 fevralgacha davom etadigan yagona qishki ta'tilni joriy etish, birinchi va so‘nggi qo‘ng‘iroq kunlarini 26 avgust va 31 may etib belgilash, boshlang‘ich sinflarda darslar davomiyligini 45 daqiqadan 40 daqiqaga tushirish kabi takliflar bilan chiqqan edi.

Mavzuga oid