«O‘rtasaroy» gaz taqsimlash stansiyasi quvvati ikki baravarga oshirildi
Joriy yilning 24 dekabr kuni “O‘ztransgaz” va “Toshkent issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur uyushtirildi.
Energetika vazirligi tizimidagi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tabiiy gazni qazib chiqaruvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalardan olib, "Hududgazta'minot" AJ va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan IESlar, "O‘zkimyosanoat" AJ hamda boshqa ulgurji iste'molchilarga yetkazib berishga mas'ul tashkilot hisoblanadi.
“O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati bosh mutaxassisi Farida Tojiboyeva jamiyat tasarrufidagi korxona va boshqarmalar, ulardagi ishchi-xodimlar, ish olib borish ko‘lami haqida ma'lumot berdi.
“Bugungi kunda “O‘ztransgaz” AJ tizimida unitar korxona, 6ta magistral gaz quvurlari boshqarmasi, 2ta gazni yer ostida saqlash inshooti, qurilish bo‘yicha MChJ va direksiya faoliyat yuritadi. Jamiyat tizimida 9 ming nafarga yaqin mutaxassis, ishchi va xodim mehnat qiladi.
“O‘ztransgaz” tomonidan uzunligi 13 ming 200 kilometrga yaqin turli o‘lchamdagi magistral gaz quvurlaridan foydalanib kelinmoqda. Tizimda 23ta kompressor stansiyasi, 70ga yaqin gaz haydash agregatlari va 412ta gaz taqsimlash stansiyasi (GTS) mavjud”, deydi Farida Tojiboyeva.
Bu yerdagi gaz bosimi foydalanish uchun xavfsiz darajagacha pasaytiriladi va iste'molchilarga tarqatiladi. Shu bilan birga, stansiyalarda gaz qabul qilish, aralashmalardan tozalash va uzatilayotgan gaz miqdorini hisob-kitob qilish jarayonlari ham amalga oshiriladi.
“GTS quvvati soatiga 25 ming metr kubdan 50 ming metr kubga yetkazildi. Stansiya gazni soatiga 15 ming metr kub sanoat tarmog‘iga, 35 ming metr kubni aholiga taqsimlashga mo‘ljallangan”, deya ta'kidladi Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhom Soatov.
Shuningdek, press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari “Toshkent issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan ham tanishdi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024