O‘zbekiston | 22:23 / 30.12.2020
11631
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisini orden bilan taqdirladi

Diplomatiya sohasidagi ko‘p yillik mehnati va Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi xizmati uchun Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tyurdenev Vladimir Lvovich prezident Vladimir Putin tomonidan faxriy orden bilan taqdirlandi.

Vladimir Tyurdenev / Foto: KUN.UZ

Elchini taqdirlash to‘g‘risidagi tegishli hujjat Rossiya huquqiy axborot portaliga joylashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Tyurdenev Toshkentdagi elchixonani 2009 yildan buyon boshqaradi. U 2019 yili O‘zbekiston prezidenti tomonidan «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangandi.

O‘tgan hafta elchi «Rosatom» O‘zbekistonda AES qurishi bo‘yicha shartnoma go‘yoki «deyarli tayyor» ekani va «faqat texnik jihatlari» qolganini ma'lum qilgandi. «O‘zatom» uning bu gaplarini rad etdi va muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

Vladimir Tyurdenev o‘sha intervyusida, shuningdek, O‘zbekiston Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasidan 1 mln doza sotib olayotgani, tegishli kelishuv imzolanganini aytgandi. O‘zbekiston tomoni hozirga qadar bu ma'lumotga aniqlik kiritmadi.

Mavzuga oid