O‘zbekiston | 20:45 / 14.01.2021
14630
2 daqiqa o‘qiladi

Muftiy Usmonxon Alimov Urgutdagi yangi masjidga bordi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bugun 14 yanvar kuni Urgutda bo‘lib, bu yerda yangi qurilgan masjid binosini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Urgut tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, Urgutda Usmonxon Alimovga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamda Urgut tuman bosh imom-xatibi Shodi domla Xaqberdiyev hamrohlik qilgan.

Ta'kidlanishicha, Usmonxon Alimov ushbu ko‘rkam masjidning faoliyati yuzasidan muhim tavsiyalar bergan va uning qiyomatga qadar mo‘min-musulmonlarga xizmat qilishini so‘rab xayrli duolar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, zamon talablariga to‘la javob beradigan qilib qurilgan ushbu yangi masjid binosi foydalanish uchun tayyor holga keltirilgan.

Ma'lumot uchun, Ushbu masjid xonaqohi 55x45 metr o‘lchamda qurilgan bo‘lib, xonaqohning ikki chetida 18x45 metr o‘lchamda ayvon ham tushgan. Masjid xonaqohi o‘rtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid chetida joylashgan to‘rtta minoraning har biri 40 metrdan balandroq. Masjidda bir vaqtning o‘zida 10 mingga yaqin odam sig‘ishi mumkin.

Mavzuga oid