Iqtisodiyot | 17:42 / 18.01.2021
5777
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yildagi makroiqtisodiy o‘zgarishlar haqida davlat dasturida ma'lumot berildi

Asosiy iste'mol mahsulotlarining mavsumiy narxi o‘zgarishi yoki oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi shakllantiriladi.

Foto: Fotolia

2021 yilda iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida davlat dasturi loyihasida ushbu yo‘nalish bo‘yicha alohida takliflar e'lon qilindi.

Dasturda joriy yil davomida narx-navo va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta'minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar  haqida ma'lum qilindi:

Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur'atlari yalpi ichki mahsulotning nominal o‘sish sur'atlari bilan muvofiqligini ta'minlash;

Inflatsiyani pasaytirish;

  • Pul-kredit vositalaridan samarali foydalanish;
  • Ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘ldirish;
  • Asosiy iste'mol mahsulotlarining mavsumiy narxlari o‘zgarishining oldini olish maqsadida “xatar darajasi tahlili” tizimini joriy qilish;
  • Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;
  • Import mahsulotlarini olib kirishda raqobat muhitini shakllantirish va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini to‘liq shakllantirgan holda ularni bozorga uzluksiz yetkazib berishni ta'minlash;
  • Asosiy iste'mol mahsulotlari transport xarajatlarini subsidiyalash;
  • tegishli hududning asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini bozor sharoitlari asosida sotib olish va ichki bozorga aralashtirish choralarini ko‘rish;

Avvalroq, prezident murojaatnomasida 2021 yilda inflatsiya ko‘rsatkichini 10 foiz darajasiga tushirish vazifasi belgilangandi.

Markaziy bank raisi bank oldida turgan asosiy vazifa – inflatsiya darajasining belgilangan me'yorlar doirasida bo‘lishini ta'minlashdan iboratligini aytgandi.

Ma'lumot uchun, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2020 yil davomida inflatsiya darajasi 11,1 foiz bo‘lgan.

Mavzuga oid