Jahon | 22:42 / 19.01.2021
8111
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Nyu-Yorkdagi konsulxonasi telefon aloqasisiz qoldi

Rossiyaning Nyu-Yorkdagi konsulxonasida 18 yanvardan telefon aloqasi o‘chib qoldi. Shuningdek, konsulxonada internet bilan ham muammolar kuzatilmoqda.

Foto: LiveJournal

Konsulxonada ma'lum qilinishicha, konsulxonaning barcha telefon liniyalari o‘chib qolgan. Shu sababli Rossiya fuqarolari konsulxona bilan bog‘lanishda muammolarga duch kelmoqdalar. Ta'kidlanishicha, AQSh buni texnik nosozliklar bilan tushuntirmoqda.   

“Go‘yoki ikki kundan beri muammoni hal qila olishmayotganmish. Bunaqasi hali bo‘lmagandi. Bizda bitta yoki ikkita emas, juda ko‘p liniya bor. Bizda shunday his paydo bo‘ldiki, go‘yoki barcha liniyalar bittada o‘chirib qo‘yilgan”, deb aytilgan konsulxonada.

2020 yil dekabrda Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi AQShni “viza urushi”ni boshlashda ayblagandi. Elchixonada AQSh OAVda davlat departamentiga tayanib AQShning Moskvadagi elchixonasi to‘liq jihozlanmagani va yuklanganligi haqida berilgan xabarga shunday izoh berilgan.  

AQSh matbuotida e'lon qilingan maqolalarda AQSh Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasida nosoz liftlar va yong‘in signalizatsiyasini ta'mirlashga kelishi kerak bo‘lgan mutaxassislarga vizalar bera olmayotgani, elchixonadagi yuqori mansabdor diplomatlar esa qorni o‘zlari kurashga to‘g‘ri kelayotgani ma'lum qilingan. Biroq Rossiya elchixonasida ushbu xabarlar yolg‘on deb atalgan.

Mavzuga oid