O‘zbekiston | 14:31 / 20.01.2021
12986
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbarlar tayinlandi

Bugun, 20 yanvar kuni, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. "O‘zmetkombinat" AJ kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi.

"O‘zmetkombinat" AJ kuzatuv kengashi shu kuni Dilshod Ahmedovni kombinat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

"O‘zmetkombinat" AJ rahbariyatining kengaytirilgan yig‘ilishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi, mamlakatning yetakchi qora metallurgiya korxonasini rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi, deyiladi kombinat xabarida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentabr oyi boshlarida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko vafot etdi

Mavzuga oid