O‘zbekiston | 13:51 / 22.01.2021
18665
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari havo harorati deyarli o‘zgarmaydi

Kecha mamlakat ko‘chalarida bahorgi ob-havo hukm surayotgan edi. Havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10-12 darajaga yuqori bo‘ldi, lekin kechasi shamol kuchaydi va qor yog‘ishi boshlandi, ba'zi joylarda shamol 25-30 m/s gacha kuchaydi va harorat keskin pasaydi. 

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun mamlakatning barcha hududlari Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antitsiklon ta'siri ostida bo‘ladi. Kun davomida aksariyat hududlarda qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2-5 daraja sovuq bo‘ladi.
     
Ertaga O‘zbekiston hududida sovuq atmosfera fronti ta'siri saqlanib turadi, respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.
     
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10 darajagacha sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
     
Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy me'yorlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi.

Mavzuga oid