O‘zbekiston | 10:32 / 03.02.2021
8941
1 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi

O‘zbekistonda bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Senat kengashining 2021 yil 1 fevraldagi qarori bilan bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi.

Senat a'zolarini ma'naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning 2021 yil 26 yanvardagi tavsiyalarini ko‘rib chiqib, quyidagilarga maqom berildi:

Oral Ataniyazova — «Adolatli senator»;

Mahmudjon Toirov — «Xalqparvar senator»;

Farmon Toshev — «Mehnatkash senator»;

Sayyora Baratova — «Faxriy senator»;

Bahrom Mamajonov — «Faxriy senator»;

Shukurjon Mamatqulov — «Faxriy senator» maqomi.

O‘zA xabariga ko‘ra, ushbu maqomlarga sazovor bo‘lgan senat a'zolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid