O‘zbekiston | 16:00 / 04.02.2021
44045
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ōsten elektron gaz hisoblagichini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma

Foto: Ōsten

TEXNOPARK qarzdorlik to‘langanidan so‘ng Ōsten elektron gaz hisoblagichlarini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnomani taqdim etadi.

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda elektron gaz hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yoki kamaytirishni taklif etayotgan firibgarlar haqida xabarlar tarqaldi. Ayni paytda ASKUG doirasida respublika bo‘ylab o‘rnatilgan Ōsten gaz hisoblagichlarida bunday ishlarni texnik jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Iste'molchilar hisoblagichdan o‘tgan gaz miqdori uchun to‘lov amalga oshiradi.

Foydalanuvchilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida ushbu hisoblagichlarni masofaviy tarzda boshqalar tomonidan ishga tushirib bo‘lmaydi. Uni faqat boshqarib bo‘ladi.

Shuning uchun iste'molchi shaxsan o‘zi shaxsiy telefoniga kelgan maxsus kodni kiritishi kerak. Shu orqali aqlli hisoblagich faollashtiriladi gaz uzatish qayta tiklanadi.

TEXNOPARK qarzdorlik to‘langanidan so‘ng Ōsten elektron gaz hisoblagichlarini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnomani taqdim etadi.

Hozirgi kunda gazdan qarzdorligi bo‘lgan xonadonlarning elektron gaz hisoblagichlarini masofadan turib o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Qarzdorlarning elektron gaz hisoblagichlari maxsus klapan orqali o‘chiriladi.

Qarzdorlik bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganidan so‘ng, iste'molchiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kod kelgandan so‘ng, uni elektron gaz hisoblagichiga kiritish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng xonadonga gaz qaytib keladi. Yaqinlarning va shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida hisoblagichni ishga tushirishdan avval xonadondagi uskunalarda (gaz pechi, gaz jo‘mraklari) gaz o‘chirilganini tekshirish shart. Ushbu jarayon elektron gaz hisoblagichlarining yo‘riqnomasida (pasport) ham to‘liq tushuntirilgan.

Agar yo‘riqnomada berilgan ma'lumot barcha savollaringizga javob bermasa yoki klapanni ocha olmagan bo‘lsangiz, TEXNOPARKning maxsus veb-sahifasida joylashtirilgan videoyo‘riqnoma orqali kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Shuningdek, elektron gaz hisoblagichlarida nosozliklar yuzaga kelsa yoki savollar tug‘ilganda, 104 yoki +(998) 71−210−70−70 telefon raqami orqali Texnoparkning aloqa markazi bilan bog‘lanish mumkin.

Reklama huquqlari asosida

Mavzuga oid