O‘zbekiston 2020 yilda 7,1 ming tonna limon eksport qildi
O‘zbekiston 2020 yilda qiymati 8,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,1 ming tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot bergan.
2020 yil mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 3,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 2,1 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,5 ming tonna;
- Afg‘oniston – 87,7 tonna;
- Ukraina – 20,6 tonna.
Hududlar kesimida eng ko‘p limon Andijon (500,3 tonna), Xorazm (414,8 tonna) va Surxondaryo (392,5 tonna) viloyatlaridan eksport qilingan. Mos ravishda eng kam limon eksporti Namangan (ming tonna), Toshkent (1,3 tonna) va Farg‘ona (2 tonna) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Avvalroq, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida umumiy qiymati 260,3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgani va 2019 yilning mos davriga nisbatan 3 foizga o‘sish kuzatilgani haqida ma'lumot berilgan.
Mavzuga oid
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024