O‘zbekiston | 13:44 / 04.03.2021
14596
2 daqiqa o‘qiladi

Sodiq Safoyev: «Iqtisodiyotning o‘zbek modeli» degan iborani qabul qilmaganman»

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kirill Altmanning «Alter Ego» loyihasiga intervyu berdi. Suhbat davomida hozirgi iqtisodiy tizim, O‘zbekiston qanday yo‘ldan ketayotgani haqida savol bilan murojaat qilindi.

«Men O‘zbekiston rivojlanish yo‘lida boshqa qandaydir modelni, u Koreya, Turkiya yoki Xitoy modeli bo‘ladimi, o‘ziga olganini eslay olmayman. To‘g‘ri, qanday modeldan ketayotganini aniqlashga harakat qilishgan. Biroq, O‘zbekiston o‘shanda o‘zining alohida yo‘li borligini ma'lum qilgan. Men uchun ham bu so‘roq ostidagi katta masala bo‘lib kelgan, oldin ishlaganimda ham «iqtisodiyotning o‘zbek modeli» degan iborani qabul qilmaganman. Butun insoniyat rivojlanishning umumiy prinsiplariga ega. Albatta, milliy jihatlar ham bor, ammo o‘z iqtisodiy modelida termin sifatida iqtisodiyot rivojining umumiy qonunlarga e'tibor bermaslik nazarda tutilsa, buni qabul qilib bo‘lmaydi.

Mening fikrimcha, bugungi kunda prezident tashabbusi bilan olib borilayotgan yangi siyosat ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi. O‘zbekiston rivojlanishi yo‘lining bunday qat'iy, inqilobiy o‘zgarishga yuz tutishini kamdan-kam odam kutgandi. U oddiy: dunyoviy demokratiya, ochiq jamiyat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti. Mening fikrimcha, biz intilayotgan model - dunyoviy demokratiya, ochiq jamiyat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti - yagona to‘g‘ri model. Muqobili yo‘q», dedi Sodiq Safoyev. 

Mavzuga oid