Sport | 20:26 / 05.03.2021
7865
2 daqiqa o‘qiladi

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi «Shabob al Ahli»ga o‘tdi

O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini BAAning «Shabob al Ahli» jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston superkubogi oldidan Samarqandda o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Paxtakor» bosh murabbiyi Piter Xyuistra Hamrobekov 5 oy davomida BAA klubida o‘ynashini aytdi. Ya'ni, futbolchi «Shabob al Ahli» bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.

Hamrobekov BAA klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shilgan. Klub Hamrobekov jarohat olgan Aziz G‘aniyevning o‘rnini to‘ldirish uchun transfer qilinganini yozgandi.

Shu tariqa «Shabob al Ahli»da o‘zbekistonlik futbolchilar soni uch nafarga yetdi. O‘tgan yili «Nasaf» futbolchisi Aziz G‘aniyev 700 ming dollar evaziga «Shabob»ga o‘tgandi. Keyinchalik Saudiya Arabistonining «An Nars» klubiga o‘tgan Jaloliddin Masharipov «Shabob al Ahli»ga ijaraga berildi.

Mavzuga oid