Jahon | 22:48 / 05.03.2021
4867
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponlar viruslardan himoyalovchi plastik karta ishlab chiqishdi

Yaponiyalik mutaxassislar odamlar xavfsizligini ta'minlovchi viruslarga qarshi plastik karta ishlab chiqishdi. Kartalarda qo‘llangan viruslarga qarshi vosita 24 soat davomida ularning sirtidagi virus zarralarini 99 foizdan ko‘proqqa kamaytiradi. 

Foto: Toppan Printing Co., Ltd.

Vosita karta tayyorlangan material ichiga kiritilgani sababli karta sirti tirnalgan yoki zararlangan bo‘lsa ham viruslarga qarshi xususiyati saqlanib qoladi.

Kartani ishlab chiqqan Toppan kompaniyasi o‘z ixtirosi uchun patent olishga ariza bergan.

Viruslarga qarshi kartalar elektron to‘lovlar tizimida, tibbiy muassasalar va boshqa sohalarda qo‘llanishi ko‘zda tutilmoqda.

“Bugungi kunda odamlar xavfsizlik va gigiyenani oshiruvchi yechimlarni qidirishmoqda. Bu kartalar sirtlarda viruslarni kamaytirib, buni ta'minlashda yordam beradi”, deb aytgan kompaniya xodimi Xiroshi Shimada.

2020 yil dekabrda Nobel mukofoti sovrindori Konstantin Novosyolov Shaffxauzen texnologiya institutidagi (Shveytsariya) hamkasblari bilan birga koronavirus, gripp va boshqa yuqumli kasalliklar zarralarining 90 foizga yaqinini o‘ldiruvchi qoplama ishlab chiqqan.

Mavzuga oid