Germaniya milliy jamoasi FIFAni inson huquqlarini himoya qilishga chaqirdi
Germaniya muxlislar birlashmasi mamlakat futbol ittifoqini Qatarda o‘tadigan jahon chempionatiga boykot qilishga chaqirgandi. Bunga sabab sifatida Qatardagi chempionat uchun qurilayotgan stadionlar kurilishida ko‘plab muhojirlarning o‘limi keltirilgan.
25 mart kuni o‘tkazilgan JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Islandiyaga qarshi o‘yinda «nemis mashinasi» futbolchilari liboslarida yozilgan harflar orqali HUMAN RIGHTS (inson huquqlari) iborasini yozishdi. Bu o‘ziga xos isyondan keyin Germaniya jahon chempionatiga boykot qilishi haqida gapira boshlashdi.
Inson huquqlari himoyasini JCh-2022 saralashida qatnashayotgan Norvegiya milliy jamoasi ham talab qildi: «Inson huquqlari himoya qilinsin. Maydonda ham, undan tashqarida ham», degan yozuvli futbolkada maydonga tushdi Norvegiya milliy jamoasi saralash 1-turidan o‘rin olgan Gibraltarga qarshi o‘yinda.
Britaniyaning The Guardian nashri Qatardagi stadion qurilishida muhojirlar noinsoniy sharoitda ishlayotgani haqida jurnalistik tekshiruv e'lon qilgandi. Unda Qatarda jahon chempionati uchun stadionlarni qurish vaqtida Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh va Shri-Lankadan borgan 6,5 mingdan ortiq muhojir ishchi o‘lgani aytilgan. Rasman esa 25 nafar ishchi halok bo‘lgani ma'lum. Qatardagi ishchilar yashaydigan lagerlardan mustaqil jurnalistik surishtiruv o‘tkazish imkonsiz, bunga uringan jurnalistlar ta'qib qilingani aytiladi.
Mavzuga oid
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024
FIFA 2030 va 2034 yilgi Jahon chempionati mezbonlarini e’lon qildi
15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi
22:37 / 06.05.2024