Jahon | 21:09 / 27.03.2021
8699
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Nike va boshqa brendlarga boykot e'lon qilindi

O‘tgan yil kuzida Nike, H&M, adidas va boshqa brendlar Xitoy uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanayotganidan xavotir bildirgandi. 

Foto: AFP via Getty Images

Xitoyda Shinjondagi uyg‘urlarning ta'qib qilinishini tanqid qilgan va bu yerda tayyorlangan paxtani sotib olmasligini e'lon qilgan g‘arb kiyim brendlariga qarshi haqiqiy piar-urush boshlandi, deb xabar bermoqda Euronews telekanali.

Xabarda aytilishicha, Nike va H&M kabi yirik kompaniyalar mahsulotlariga nisbatan boykot e'lon qilingan. Qator onlayn-platformalardan Shvetsiya kompaniyasining mahsulotlari olib tashlangan. 

Davlat OAV g‘arb kompaniyalarini yolg‘onchilikda ayblamoqda.

O‘tgan yil kuzida Nike, H&M, adidas va boshqa brendlar Xitoy uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanayotganidan xavotir bildirgandi. 

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Shinjondagi axloq tuzatish lagerlarida siyosiy motivlar bilan bir millionga yaqin uyg‘urlar noqonuniy tutib turilgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Yaponiyaning 12ta yirik kompaniyasi uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanayotgan Xitoy kompaniyalari bilan biznes hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgandi.

Mavzuga oid