Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha jami 5 kishiga hukm o‘qildi
To‘rt oy davom etgan sud yakunida Yo‘ldoshevaga 4 yil, shifoxona reanimatologiga 3,5 yil, infeksionist shifokorga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yana ikki sudlanuvchi 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.
5 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga sud hukmi o‘qildi.
Sud hukmi bilan, Guljahon Yo‘ldosheva Jinoyat kodeksining:
- 167-moddasi 2-qismi «a, b, v, g» bandlari (rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish);
- 207-moddasi 3-qismi «a» bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash);
- 209-moddasi 2-qismi «a» bandi (mansab soxtakorligi)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan deb topildi.
Shifokor, shuningdek, JKning 25,167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ham ayblangan edi, ammo u ushbu ayblov bo‘yicha sud tomonidan JPKning 83-moddasi 1-qismiga asosan reabilitatsiya qilindi.
Yo‘ldosheva 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatiladigan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Unga nisbatan soat 22:00dan 06:00gacha yashash joyini tark etmaslik, ruxsatsiz yashash joyini o‘zgartirmaslik kabi cheklovlar kiritildi.
Sud hukmi bilan, sudlanuvchi Sheyxnazar Ro‘zmetov (shifoxonaning sobiq infeksionist shifokori) JKning 116-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari, 228-moddasi 3 qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sh.Ro‘zmetov tayinlangan jazolarni qisman ko‘shish yo‘li bilan 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Sh.Ro‘zmetov 2020 yil 4 oktyabrda ushlanib, 2020 yil 22 oktyabrga qadar qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘llanilganini inobatga olib, tayinlangan ozodlikni cheklash jazosi muddatidan 18 kunni chegirib, o‘tash uchun unga 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 2 yil 11 oy 12 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi Jahongir Ziyodullayev (shifoxona sobiq reanimatologi) JKning 116-moddasi 3-qismi, 28,228-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
J.Ziyodullayevga JKning 228-moddasi 3-qismi bilan e'lon qilingan ayblov o‘z tasdig‘ini topmagani sababli u mazkur modda bo‘yicha JPKning 83-moddasi 3-qismiga asosan reabilitatsiya qilindi.
Tayinlangan jazolarni qisman ko‘shish yo‘li bilan Jahongir Ziyadullayevga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Yana bir sudlanuvchi Alisher Dadamatov JKning 167-moddasi 2-qismi «b, v, g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga nisbatan JKning 45-moddasi qo‘llanilib, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
A.Dadamatov JKning 25,167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ham ayblangan, ammo ushbu ayblov bo‘yicha sud tomonidan JPKning 83-moddasi 1-qismiga asosan reabilitatsiya qilindi.
Janar Akimova JKning 167-moddasi 2-qismi «b, v, g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga nisbatan JKning 45-moddasi qo‘llanilib, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilindi.
Shuning bilan sud ishi yopiq deb e'lon qilindi.
Mavzuga oid
16:19
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024