Toshkentda tashqi reklama obektlarini joylashtirishga moratoriy e'lon qilindi
Toshkent shahrida 2021 yil 1 apreldan 2021 yil 31 dekabriga qadar tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e'lon qilindi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021 yil 27 martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan o‘tkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida qilinmoqda.
Ta'kidlanishicha, moratoriy tashqi reklama obektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.
Moratoriy amal qilishi davomida yangi o‘rnatilgan tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni o‘rnatgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024