Eron yanvarda ushlangan Janubiy Koreyaga qarashli tankerni qo‘yib yubordi
Eron Janubiy Koreyaga qarashli neft tankeri va uning ekipajini qo‘yib yubordi. Hankuk Chemi tankeri 4 yanvarda Fors ko‘rfazida Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan ushlangandi.
Kema qo‘yib yuborilgani haqida Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligiga tayanib “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Kema 13 kishidan iborat ekipaj bilan birga Eron portlaridan birini mahalliy vaqt bilan soat 6da tark etgan. Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, kema ekipaji sog‘-omon va hech kim tibbiy yordamga muhtoj emas.
Neft olib ketayotgan tanker Fors ko‘rfazida ekologik qoidalarni buzgani uchun ushlangan. Biroq OAVda Tehron shu yo‘l bilan AQSh sanksiyalari sababli Janubiy Koreya banklarida muzlatib qo‘yilgan 7 mlrd dollarga yaqin pulidan taqiq olinishiga erishmoqchi bo‘lgani borasida taxminlar ham ilgari surilgan.
Mavzuga oid
17:43
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35
Janubiy Koreyaning lavozimidan vaqtincha chetlatilgan prezidenti yana so‘roqqa kelmadi
16:58
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024