O‘zbekiston | 13:49 / 10.04.2021
9348
1 daqiqa o‘qiladi

Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi 

Anvar Asamov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, Anvar Asamov 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. 

U Davlat Bojxona qo‘mitasida Bojxona statistikasi va tahlil markazi boshlig‘i o‘rinbosari, prezident Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida  faoliyat yuritgan. 

A.Asamov 2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Mavzuga oid