Jamiyat | 12:00 / 12.04.2021
3561
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Standart & Poors «Oriyent Finans» bank reytingini «Barqaror» «V+» darajasigacha oshirdi

«Oriyent Finans» XATB kredit reytingi «Barqaror» prognozi bilan «V» darajasidan «V+» darajasigacha oshirilishi bank tomonidan pandemiya sharoitida muammoli aktivlar bo‘yicha zaxiralarni shakllantirish uchun xarajatlar me'yorida bo‘lishi ta'minlangani va bank kapitali muvozanatli boshqarilgani bilan izohlanadi.

S&P Global Ratings fikriga ko‘ra:

«Oriyent Finans» XATB davlatga tegishli bo‘lmagan va moliyaviy xizmatlar bozorida unchalik katta ulushni egallamagan bank bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistondagi kichik va o‘rta banklardan farqli ravishda korporativ mijozlarning keng bazasiga ega bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining tashabbusidagi yirik loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etadi. Ushbu loyihalarga ajratilgan kreditlarning sifati esa ijobiy ekanligi bilan ajralib turishini ta'kidlab o‘tish joiz.

Biz «Oriyent Finans» XATB likvidlilik ko‘rsatkichlariga «munosib» baho berdik. 2021 yil 1 mart holatiga ko‘ra, likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi qariyb 21,5% ni tashkil etdi va bu O‘zbekiston banklariga nisbatan taqqoslaganda, yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘tgan bir necha oylar davomida esa, biz bank aktivlarida salbiy o‘zgarishlarni kuzatmadik».

«Barqaror» prognozining berilishi «Oriyent Finans» XATB yetarli kapital zaxiralariga ega ekanligi va daromadni oshirish salohiyati yuqoriligi bilan yaqin 12-18 oy davomida o‘zining kreditlash imkoniyatini yetarlicha ta'minlab tura olishini anglatadi.

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligining tahlilchilari tomonidan COVID-19 pandemiyasi sharoitida ham O‘zbekiston bank tizimining ko‘rsatkichlari barqaror darajada saqlanib qolinayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga COVID-19 pandemiyasi salbiy ta'sirining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rib borilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlariga pandemiyaning salbiy ta'sirini yumshatishga ko‘mak bermoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid