Jahon | 19:14 / 29.04.2021
26298
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston harbiylari Tojikiston chegara zastavasini egallab oldi - OAV

Ma'lumotlarga ko‘ra, chegaraning har ikki tarafiga qo‘shimcha kuch va vositalar keltirilmoqda.

Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikistonni uchta chegara zastavasiga hujum qilganlikda aybladi, deb xabar berdi 24.kg.

«Tojikiston tomoni "Qapchig‘ay", "Min-Bulak", "Dostuk" chegara zastavalari hamda "Kojogar" va "Bulak-Bashi" chegara postlariga o‘t ochdi. Minomyot hujumi natijasida "Dostuk" chegara zastavasi binosida yong‘in yuzaga keldi», — deyiladi Bishkek bayonotida.

Xabar qilinishicha, bunga javoban Qirg‘iziston chegara maxsus xizmati otryadi Tojikistonning «Xoja A'lo» chegara zastavasini egallab olgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, chegaraning har ikki tarafiga qo‘shimcha kuch va vositalar keltirilmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:30 holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda chegaradagi mojaro tufayli shifoxonalarga yotqizilganlar soni 17 nafar, ulardan biri vafot etgan. Tojikistondagi ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 8 kishi jarohatlangan.

Botken oblastida ayollar va bolalar pana joylarga ko‘chirilgan.

Mavzuga oid