O‘zbekiston | 15:45 / 01.05.2021
18768
2 daqiqa o‘qiladi

«Saylovchilar ham hayron qolgan» - bir oyoqda deputatlik qilayotgan Javlonbek

Javlon Abdullayev 25 yoshda. U – Namangan davlat universiteti 4-bosqich talabasi. Xalq deputatlari Kosonsoy tuman kengashi deputati. Suzish va granata uloqtirish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni.

6 yosh paytida sodir bo‘lgan mudhish voqea uning bir oyog‘idan ajralishiga, qo‘ltiqtayoq ushlashiga sabab bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa-da yaqinlari ko‘magi va daldasi, o‘zidagi ishonch va harakat uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishiga imkon yaratdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ilm yo‘lini tanlashi jamiyatga tez moslashishi, o‘z o‘rnini topishida katta xizmat qilgan.

Yoshligidan imkoniyati cheklangan insonlarning hayot yo‘lini topishiga ko‘maklashish, ularning ham jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

U 2019 yilda mahalliy kengash deputati sifatida saylangan. Imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, tirishqoqligi va harakatchanligi sabab o‘z saylovchilari ishonchini oqlab kelmoqda. Deputatlik unga imkoniyati cheklangan yoshlarga yordam berishda yanada ko‘proq yo‘l ochmoqda.

«Oldingizga maqsad qo‘yib harakat qilarkansiz, butun dunyo sizga yordamga kelgandek bo‘ladi», – deydi yosh deputat.

Tohirjon Tursunov

Mavzuga oid