Jismoniy shaxslarga YaTT sifatida taksichilik qilishga ruxsat berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishga oid qaror imzoladi.
Qaror bilan, 2022 yil 31 dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda.
Bunda quyidagi asosiy talablar qo‘yilgan:
- haydovchi 21 yoshga to‘lgan, avtomobil esa ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan bo‘lishi;
- avtomobil texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi;
- haydovchi xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib, 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib, 425 ming so‘mni tashkil qiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, YaTT sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oshiriladi (masalan, Yandex Taxi).
- Yakka tartibdagi tadbirkor – tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
Jismoniy shaxslarning taksichilik qilishiga ruxsat berish haqida 2017 yildan beri aytib kelinayotgan, amalda esa bajarilmayotgandi. Orada prezidentning shu masaladagi bir nechta hujjatlari va og‘zaki topshiriqlari ijrosiz qolib ketdi.
Mazkur prezident qarori bilan, taksi avtomobillariga qo‘yilgan talablar tasdiqlandi: sariq rangda yonuvchi «TAXI» belgisi va salonga maxsus devayslar o‘rnatish barcha taksichilar uchun majburiy bo‘ladi. Yuridik shaxs maqomidagi taksichilarga berilgan imtiyozlardan jismoniy shaxslar foydalana olmaydi. Bu haqda batafsil ushbu havolada tanishing.
Mavzuga oid
08:10 / 11.12.2024
Ayrim taksichilar yo‘lkirani asossiz ravishda oshirgani aniqlandi
12:19 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:50 / 29.10.2024