Kun.uz’da e'lon qilingan reportajdan so‘ng Dang‘ara tumani hokimi bog‘chaga bordi
Yaqinda Kun.uz saytida «Qurilishga mablag‘ kesilgani tufayli Dang‘aradagi bolalar bog‘chasi ochilishi kechikmoqda» sarlavhasi ostida reportaj e'lon qilingan edi.
Dang‘ara tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, tuman hokimi boshchiligidagi bir guruh mutasaddi tashkilot rahbarlari tumanning «Sanam» MFY, Eski shildir qishlog‘ida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lib, bu yerdagi mavjud muammolarni o‘rgangan.
Ta'kidlanishicha, tuman hokimi muassasa faoliyatini boshlash uchun tuman elektr ta'minoti korxonasi tegishli mas'ullariga elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergan.
Shuningdek, tuman hokimi muassasaning har bir xonalarini o‘rganib, qurilish bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha quruvchi tashkilot rahbari bilan uchrashib ko‘rsatmalar bergan.
Mavzuga oid
09:02 / 16.12.2024
Toshkent viloyatidagi bog‘chada 1 mlrd so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanildi
11:00 / 25.08.2024
Talabalikdan tadbirkorlikka: uyda baliq boqib daromad topayotgan Yashnarbek hikoyasi
14:04 / 05.02.2024
Farg‘onada “metan zapravka”da janjal yuz berdi. Bir kishi vafot etgan
17:47 / 06.10.2022