Jamiyat | 12:26 / 20.05.2021
3754
1 daqiqa o‘qiladi

101 yoshli urush qatnashchisi o‘zi haqda yozilgan kitob taqdimotida qatnashdi

Navoiyda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shoyim Shernazar muallifligida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pirnazar bobo Turdiyev xotiralari asosida tayyorlangan «Jasoratning yuz lahzasi» kitobi taqdimoti o‘tkazildi. 

«Jasorat va matonat» yoshlar targ‘ibot markazining loyihasi doirasida chop etilgan mazkur kitobda urush davridagi voqealar bayon qilingan. Taqdimotda kitob qahramoni Pirnazar bobo Turdiyev ham ishtirok etdi. 

«Urushning so‘nggi kunlari. G‘alaba qildik. Berlindamiz. Hamma bayram qilyapti. Ofitseru soldatlar nemisning aroq va konyaklaridan ichib, bir-bir yiqilib tushaverdi. Keyin aniqlashsa, ular zaharlangan ekan. Shuncha jangu jadallarda o‘qqa uchmaganlar ichkilik, nafs balosi tufayli qurbon bo‘lishgandi o‘shanda», — deya urush xotiralaridan so‘zlab berdi Pirnazar bobo.

1000 nusxada chop etilgan kitob o‘quv muassasalariga, yoshlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid