O‘zbekiston | 12:00 / 21.05.2021
5887
6 daqiqa o‘qiladi

OLX sotuv tahlili: Yozda qanday mahsulotlar bilan savdo qilish foydali?

May, iyun, iyul – bu xaridorlar talabi va mahsulot takliflari keskin o‘zgaradigan davr. Bunday o‘zgarish mantiqiydir: biz jazirama issiqda, mehnat ta'tili, kanikullar, piknik uchun dala hovliga va shahar tashqarisiga sayohat qilish davrini boshlaymiz va bu bizning yoz faslini qulay va qiziqarli tarzda o‘tkazishga bo‘lgan ehtiyojimizni shakllantiradi. Siz uchun OLX.uz tahlil markazi kelgusi oylarda dolzarb va ommabop bo‘ladigan mahsulotlarga kutilayotgan talabning qisqacha hisobotini tayyorladi.

Yozda eng ommabop mahsulotlar:

  • Konditsioner +675%
  • Basseyn +452%
  • Hovli asboblari +152%
  • Bolalar velosipedlari +144%
  • Qishloq xo‘jaligi hayvonlari +129%
  • Muzlatkich 101%

Maishiy texnika savdosi bo‘yicha chempionlar: konditsionerlar va muzlatkichlarAlbatta, yildan yilga iqlimiy jihozlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda – konditsionerlar, ventilyatorlar, ko‘p-bo‘linmali (multi-split) tizimlar va hattoki havo namlagichlar. May-iyul oylarida ularga bo‘lgan talab o‘rtacha 675 foizga oshadi! Sotuvchilar sobiq ittifoqning BK-1500 va BK-2300 va turli xil markadagi tejamkor konditsionerlaridan tortib eng so‘nggi VRV tizimlariga qadar ulkan assortimentni 3 000 000 dan 48 000 000 so‘mgacha bo‘lgan narx orasida taklif qilmoqdalar. Aytgancha, foydalanuvchilar Midea, Gree, Aux va Artel brendlarining konditsionerlarini boshqalaridan ko‘proq qidirmoqdalar.

Sovutkichga bo‘lgan talab 101 foizga oshadi. Sotuvchilar yangi modellarni keng narx oralig‘ida hamda ishlatilgan modellarni taqdim etadilar. Yangi muzlatkichlar orasida eng ko‘p takliflar Indesit brendidandir, ishlatilgan modellar orasida esa Samsung yetakchi o‘rinni egallaydi.

 Uy va bog‘ uchun mahsulotlar: basseyn yetakchilik qilmoqda

O‘zingizni jaziramadan qutqarish va maroqli vaqt o‘tkazishingiz uchun sotuvchilar bolalar va kattalar uchun har xil o‘lchamdagi basseynlarni taklif qilmoqdalar. Bu mahsulotlarga talab doimiy ravishda oshib bormoqda, bu safar rekord darajada – 452 foiz. OLX.uz da yangi va ishlatilgan basseynlar orasida tejamkor variantdan to premium variantlarga qadar sotish uchun 700 ga yaqin e'lonlar yig‘ildi. Ularni yetkazib berish va o‘rnatish shartlari bilan sotib olishingiz mumkin. Ammo! May, iyun va iyul oylarida uy hovuzlarini 10 mingdan ortiq xaridorlar sotib olishlari taxmin qilinmoqda. Bu sotuvchilar uchun o‘z e'lonlarini joylashtirishning va xaridorlar uchun – xarid qilishning ayni vaqti ekanligini anglatadi.

Velosipedlar, skuterlar va boshqa "bolalar" transportlari

Bolalar ta'tilga chiqishdi – ular uchun OLX.uz saytidagi sotuvchilar turli xil transport vositalarini taklif qilmoqdalar: velosipedlar, skuterlar, skeytbordlar, kvadrosikllar, eng jajji bolajonlar uchun esa – tolokar(ustida o‘tirib uchish uchun avtomobil shaklidagi kichkina plastmassa aravacha)lar, musiqiy plazmakarlar va xodunok(yurish arafasidagi bolalar uchun sayr qildiruvchi aravacha)lar. Range Rover, Mercedes Gelenwagen, Porsche, Toyota Prado, Lexus va boshqa taniqli avtomobil rusumlarining mini-nusxalari bo‘lmish elektromobillarning juda ko‘p qiziqarli modellari 2 000 000 so‘mdan boshlanadigan narxlarda taklif etilmoqda. O‘tgan yili bolalar transportiga bo‘lgan talab may oyida va yozning birinchi ikki oyida 144 foizga o‘sdi va bizning hisobotimizga ko‘ra bu yozda 10 mingdan ortiq odam xarid qilishi taxmin qilinmoqda.

 Maysa o‘rish mashinalari, belkuraklar, ketmonlar, barbekyu va boshqa dala hovli asbob-uskunalari

Dala hovli mavsumi boshlandi va bu bog‘ asbob-uskunalariga bo‘lgan talabning 152 foizga o‘sishining asosiy sababidir. Bog‘da, tomorqada, dala hovlida ishlash uchun kerak bo‘ladigan barcha narsalar OLX.uz da to‘plangan: aravachalar va xaskashlar, g‘altakli ajoyib shlanglar, transformatorlar va yig‘ma narvonlar, purkagichlar, yig‘ma ayvonlar va boshqa muhim uskunalar. Mazali dam olish uchun – original manqal (mangal), barbekyu va o‘choqlarning katta tanlovi muhayyo. Bu yozda 7 mingdan ortiq kishi bog‘ asbob-uskunalarini sotib olishi kutilmoqda, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p.

 Uy hayvonlari

Qishloq xo‘jaligi hayvonlari ruknida talab katta bo‘lib, yoz arafasida 129 foizga ko‘tarilib, quyonlar, sigirlar va buzoqlar, echkilar, qo‘ylar va qo‘zilar, otlar va boshqa jonivorlarni sotish bo‘yicha ko‘plab “birinchi qo‘l” takliflar mavjud bo‘ladi. Joriy yilning may, iyun va iyul oylarida deyarli 20 mingta oldi-sotdi amalga oshiriladi. Takliflar doirasi nafaqat poytaxtni, balki butun O‘zbekistonni qamrab oladi va bu geografik jihatdan eng keng qamrovli rukndir.

OLX-da tovarlarni sotib olish va sotish har doim foydali va qulaydir. OLX xaridorlarga narx va sifat nisbati jihatidan eng maqbul tanlovni amalga oshirishga imkon beradi va sotuvchilarga odamlarning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda muvaffaqiyatli bitimlar tuzish imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid