Toshkentda uch yil avval o‘g‘irlab ketilgan «Spark» topildi
Joriy yil 22 may kuni soat 12:00lar atrofida Toshkent shahar Chilonzor tumani, Sharq mahallasi, Zargarlik ko‘chasida davlat raqamisiz “Spark” rusumli avtomashina uzoq muddatdan beri turgani aniqlangan.
Avtomashinaning davlat raqami yo‘qligi va old o‘ng tomoni shikastlangani Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi S.Kubayevda shubha uyg‘otdi. Ushbu qarovsiz avtomashina egasining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, Chilonzor tumani yo‘l-patrul xizmatiga murojaat qilinganda, ichki ishlar axborot bazasidan kuzov raqami asosida “Spark” avtomashinasi egasining shaxsi aniqlandi.
Mazkur avtomashina egasi Toshkent shahar Olmazor tumanida tug‘ilgan, 23 yoshli fuqaro M.S. ekani ma'lum bo‘lgach, axborot bazasidagi mobil telefon raqami orqali u bilan bog‘lanildi va voqea joyiga chaqirildi.
Voqea joyiga yetib kelgan fuqaro M.S. avtomobil haqiqatdan ham unga tegishli ekanini tasdiqlab, 2018 yil 4 mart kuni soat taxminan 07:00lar atrofida Chilonzor tumanidagi “Toshkent savdo markazi” bozori yonida o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qildi.
Avtomashina o‘g‘irlik sodir etgan jinoyatchining qo‘l izlarini olish va uni topishda foydalanish uchun ekspertizaga yuborildi, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024