O‘zbekiston | 09:42 / 27.05.2021
4992
2 daqiqa o‘qiladi

Toshloq tumani IIB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshloq tumani IIB mansabdor shaxslariga ham mansabga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yaqinda bosqinchilik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs Farg‘ona viloyatining Toshloq tuman sudi binosidan qochib ketgani  haqida xabar berilgan edi. 

Farg‘ona viloyati prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, «qochoqlarga» nisbatan JKning 222-moddasi 2-qismi «v» bandi (qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shuningdek, Toshloq tumani IIB mansabdor shaxslariga nisbatan ham mansabga sovuqqonlik bilan qarash (JKning 207-moddasi 1-qismi) alomati bilan «ish» qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Avvalroq, Farg‘onada sudyaning mulkiga tajovuz qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid