Bosfor orqali harakatlanish 249 metrli tanker sababli to‘xtatildi
Istanbulda Bosfor bo‘g‘ozi orqali harakatlanish to‘xtatildi. Bunga u orqali harakatlanayotgan 249 metrli tankerdagi nosozlik sabab bo‘lgan, deb xabar qildi turk ommaviy axborot vositalari.
NTV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, neft ortilgan RAVA nomli tanker rul boshqaruvi ishdan chiqqach, qirg‘oq tomon o‘z-o‘zicha suza boshlagan. Voqea joyiga yetib kelgan sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati buksirlari uni qirg‘oqdan 300 metr berida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bo‘g‘oz orqali harakatlanishni to‘xtatishga qaror qilingan. Tankerga qo‘shimcha buksirlar jo‘natilgan.
Nosozlikka nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan. Bo‘g‘oz orqali harakatlanish qachon tiklanishi borasida ham hech qanday ma'lumot yo‘q.
Vessel finder portali ma'lumotlariga ko‘ra, tanker Xorvatiya bayrog‘i ostida harakatlangan va Rossiyaning Novorossiysk shahridan Ispaniyaning Kartaxena shahri tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:35 / 24.12.2024
RFdagi tankerlar halokati: ifloslanish 200 ming tonnaga yetishi mumkin
20:33 / 15.12.2024
Kerch bo‘g‘ozida Rossiyaning ikki tankeri halokatga uchradi
09:26 / 26.10.2024
RFning «soyadagi floti»: Greenpeace 192 ta eskirgan tankerni topdi
10:37 / 05.06.2023