O‘zbekiston | 08:00 / 10.06.2021
2327
1 daqiqa o‘qiladi

Xonqa tumanida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 5 ota qamaldi

Foto: KUN.UZ

Xorazm viloyati, Xonqa tumanida aliment pullarini to‘lamagan 5 nafar fuqaroga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ular Majburiy ijro byurosining davlat ijrochisi tomonidan aliment pullarini to‘lash lozimligi to‘g‘risida bir necha marotoba ogohlantirilgan. Ammo, aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelishgan.

Jumladan, 1 farzandining ta'minoti uchun qarzdor J.R. 15 mln so‘m, qarzdor S.X. 9 mln so‘m, qarzdor Sh.Yu. 6 mln so‘m to‘lamagan. Shuningdek, qarzdor K.B va Z.O. ham voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlamagan. 

Xonqa tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qarzdorlarning 4 nafariga 15 sutka va 1 nafariga nisbatan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Mavzuga oid