O‘zbekiston | 16:26 / 11.06.2021
13313
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Qayroqqumdagi gilam fabrikasini borib ko‘rdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon hamrohligida «Qayroqqum gilamlari» korxonasini borib ko‘rdi.
Bu fabrika 1957 yilda ishga tushurilgan. 2019 yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Qayroqqum gilamlari Sharq an'analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
Navbatdagi obekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi.
Mavzuga oid
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
19:03 / 09.08.2024
Imomali Rahmon Markaziy Osiyo kelajagi uchun umumiy pozitsiyani shakllantirish kerakligini aytdi
22:20 / 20.06.2024