O‘zbekiston | 15:14 / 12.06.2021
2622
2 daqiqa o‘qiladi

Jo‘qarg‘i Kengesda Senat raisi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda xizmat safarida bo‘lib turgan Senat raisi Tanzila Norbayeva 11 iyun kuni  Jo‘qorg‘i Kengesda o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Kamalov ochdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Baxitjan Xabibullayev ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha, 2020-2023 yillarda 12 trln 353 mlrd so‘mlik 1 359 ta investitsiya loyihalari  amalga oshirilishi va 17 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yil 1 iyun holatiga 4 trln 940 mlrd so‘mlik 912 ta loyiha ishga tushirilib, 7 249 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Shu jumladan, 2021 yil yanvar-may oylarida 247,6 mlrd so‘mlik 113 ta loyihani amalga oshirish orqali 2 597 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Amalda 110 ta 219,2 mlrd so‘mlik loyiha ishga tushirilgan. 2 322 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Shu bilan birga, qiymati 200,5 mlrd so‘mlik 89 ta loyiha muddatidan oldin ishga tushirilib, 532 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Mavzuga oid