O‘zbekiston | 12:23 / 29.06.2021
3143
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorolik qidiruvdagi fuqaro Kiyevdan topildi

Jondor tumanida yashovchi 33 yoshli J.Sh. jinoyat sodir qilib, sud organlaridan yashirinib yurgandi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro Ukraina davlatida ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan ushbu fuqaroga sud tomonidan 2021 yilning 9 mart kuni qidiruv e'lon qilingandi. Ta'kidlanishicha, Jondor tuman IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan J.Sh.ning Kiyev shahridagi yashirinib kelgan manzili aniqlangan hamda uning O‘zbekistonga kelishi ta'minlangan. Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olingan «qochoq» vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Oldinroq Buxoro shahrida o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, jazodan qochib yurgan shaxs Qozog‘istonda ushlangandi

Mavzuga oid