Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari bilan ta'minlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash tegishli vositalarni sotib olish imkoniyatini taqdim etuvchi sertifikat orqali amalga oshiriladi.
Sertifikat muhtoj shaxslarga tuman (shahar) tibbiyot-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan beriladi.
Agar nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning texnik vositasi yoki xizmatlar o‘z hisobidan qoplangan bo‘lsa, unga vositaning yoki xizmatning qiymati miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari tegishli tibbiy xulosa asosida beriladi. Bunda tibbiy xulosalar ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha:
- pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga – Tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan;
- 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarga – Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan;
- 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga – Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan beriladi.
Shunga ko‘ra, har keyingi yil uchun har yili 15 dekabrgacha protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar ro‘yxati shakllantiriladi.
Birinchi marta murojaat qilgan muhtoj shaxslarga sertifikat rasmiylashtirish muddati murojaat qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi lozim.
Muhtoj shaxs sertifikat asosida o‘zi tanlagan tashkilotga murojaat qiladi.
Sertifikatning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan yil uchun haqiqiy hisoblanib, keyingi yil uchun amal qilmaydi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini tayyorlash va yetkazib berishning so‘nggi sanasi har yilning 20 dekabridan kechikmasligi lozim.
Qarorga ko‘ra, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari o‘rtacha narxlari keyingi yil uchun har yili 5 dekabrgacha shakllantiriladi hamda 15 dekabrgacha tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024