O‘zbekiston | 11:34 / 03.07.2021
1874
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda 1200 dollarga giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida giyohvand modda sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi va Bekobod shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda opiy giyohvand moddasini 1200 AQSh dollariga sotayotgan 28 yoshli S.I. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, 1993 yilda tug‘ilgan S.I. tanishi «O» ismli shaxs tomonidan berilgan opiy giyohvandlik vositasini xaridorga 1200 dollar evaziga sotib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. S.I. Jinoyat-protsessual kodeksning tegishli moddasi bilan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Mavzuga oid