O‘zbekiston | 09:34 / 05.07.2021
8815
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana 40 ming doza «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi  O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelingani haqida xabar berdi.

«Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. 

1 iyun kuni "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi. 

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent). 

Shunday qilib, yurtimizdagi "Sputnik V" vaksinasi zaxirasi 280 ming dozaga yetdi. Yaqin kunlarda vaksinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid