O‘zbekiston | 08:33 / 10.07.2021
1927
2 daqiqa o‘qiladi

83 dona uyali aloqa vositalari to‘xtatib qolindi

“Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 83 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy savdosi oldi olindi.” – deya xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi.

Ma'lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan ma'lumotlar asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida chegara oldi hududdan harakatlanayotgan fuqaro U.D. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Farg‘ona shahri markazida mazkur avtomashinadagi 1 dona qora sellofan paketni fuqaro A.A.ga berayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Tsellofan paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ichida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 81,5 mln so‘mlik 83 dona uyali aloqa vositalari va telefon aksessuarlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, “Farg‘ona” chegara bojxona postidan o‘tgan yo‘lovchida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 25 800 AQSh dollari borligi aniqlanib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid