Jahon | 20:05 / 11.07.2021
8564
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda issiq havoda tanani sovituvchi mato ishlab chiqildi

Xitoylik olimlar issiq havoda tanani sovituvchi mato ishlab chiqishdi. “Metamato” polilaktid va uning tolalari orasiga kiritilgan titan dioksidi nanozarralaridan iborat bo‘lib, uning qalinligi bor-yo‘g‘i 550 mikrometr, ya'ni 0,55 mmni tashkil qiladi.

Foto: sciencemag.org

Matoning kimyoviy birikmalari tananing infraqizil nurlanishini yutib, uni tashqi muhitga chiqarishga imkon beradi

Ta'kidlanishicha, mato ultrabinafsha, yaqin diapazondagi ko‘rinuvchi va infraqizil nurlarni qaytaradi hamda buning hisobiga tanani yanada sovitadi.

Olimlar o‘z ishlanmalarini ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazishgan. Ishtirokchilardan biri yarmi paxtadan, yarmi esa metamatodan tayyorlangan nimchani kiyib, bir soat quyosh ostida turgan. Tegishli o‘lchashlar bunda tananing metamato ostidagi qismi harorati 31 darajagacha, paxtadan tayyorlangan mato ostidagi qismi 37 darajagacha ko‘tarilganini ko‘rsatgan.

Mualliflarning ta'kidlashicha, bunday matoni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari an'anaviy matolarnikiga qaraganda 10 foizgagina oshadi.

“Biz yangi matoni ommaviy tarzda ishlab chiqarishimiz mumkin. Bu esa har bir kishi undan tayyorlangan futbolkani an'anaviy matolardan tayyorlangan futbolka narxida xarid qila olishini anglatadi”, deb aytgan olimlardan biri.

Mavzuga oid