Jahon | 23:17 / 15.07.2021
11074
1 daqiqa o‘qiladi

Kuba hukumati namoyishchilar talabini qondirdi

Kuba hukumati mamlakatda o‘tgan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari va tartibsizliklardan keyin xorijdan oziq-ovqat va dori-darmonni bojsiz olib kirishga vaqtincha ruxsat berdi.

Foto: Getty Images

Ta'kidlanishicha, yangi tartib 19 iyuldan amal qila boshlaydi va yil oxirigacha davom etadi.

Kuba bosh vaziri Marrero Krus mahsulotlarni bojsiz olib kirish ko‘plab sayyohlar talabi bo‘lganini aytib o‘tgan. Hukumat bu boradagi vaziyatni 31 dekabrdan keyin yana ko‘rib chiqadi.

Kubada 11 iyulda oziq-ovqat va dori-darmon taqchilligi, narx-navo oshishi va hukumatning koronavirusga qarshi choralariga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Kubaga kelayotganlarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni boj to‘lovisiz olib kirishga ruxsat berishni talab qilishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu namoyishlar Ozodlik orolida 1990-yillardan beri o‘tgan eng ommaviy namoyishlar bo‘ldi.

Mavzuga oid