Jahon | 00:00 / 19.07.2021
14873
1 daqiqa o‘qiladi

Konditsionerlarning issiq havoda immunitetga xavfi ma'lum qilindi

Terlab turgan odamning keskin sovishi immunitetning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti mutaxassisi Andrey Tyajyelnikov so‘zlab berdi.

Foto: KUN.UZ

Uning ta'kidlashicha, terlab turgan odam uchun haroratning keskin o‘zgarishi uning organizmini stressga olib kelishi mumkin. Bu stress badandagi nam darhol sovishi oqibatida keskinlashadi.

Shu sababli konditsionerlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish lozim. Mashina ichida haroratni konditsionerning birdaniga juda sovuq harorat rejimiga qo‘ymay, sekin-asta sovitish lozim.

Mutaxassis shamolli ob-havoda sayr qilishdan saqlanish va iloji boricha 25 darajagacha haroratda qolishni tavsiya qilgan. Shifokor badanni sovitishning eng samarali usuli sifatida dush qabul qilishni tavsiya qilgan va shu bilan birgalikda dush sovuq bo‘lmasligi kerakligidan ogohlantirgan.

Dushni kuniga iloji boricha bir necha marta qabul qilish lozim. Dush yoqimsiz ter hididan, badandagi ortiqcha yog‘ va changdan xalos bo‘lishga, teri teshikchalarining tozalanishiga yordam beradi.

Mavzuga oid